Bibliographische Detailangaben
| Titel: |
JAHON TILSHUNOSLIGIDA 'SUV' LEKSEMASINING O'RGANILISHI |
| Autoren: |
Mahliyo, HAYITOVA |
| Verlagsinformationen: |
Zenodo, 2024. |
| Publikationsjahr: |
2024 |
| Schlagwörter: |
antroposentrik nazariya, til va tafakkur, 'suv' leksemasi, konsept |
| Beschreibung: |
XX–XXI asrlar tilshunosligi tildagi inson omilini o‘rganishga bo‘lgan katta qiziqish bilan tavsiflanadi, bu esa lingvistik tadqiqotlar ilmiy paradigmasining o‘zgarishiga olib keldi. Bu yangi ilmiy paradigma til tizimini antroposentrik nuqtayi nazardan keng masshtabda tahlil etilishiga katta yo‘l ochdi. XX asrning so‘nggi choragida yuzaga kelgan antroposentrik paradigma tilshunoslikda tub burilish sifatida baholanib, bu borada ko‘plab tadqiqotlar yaratilmoqda. Tilda mavjud bo‘lgan har bir til birligi faqat bir nuqtayi nazardan – inson tafakkuri nuqtayi nazaridan tadqiq qilinmoqda. Zamonaviy tilshunoslikda yangi nazariyaning paydo bo‘lishi til egasi – so‘zlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan uzviy aloqadordir. Tilshunoslikda antroposentrik burilishning yuzaga kelishi strukturalizmning tilni tadqiq etishning “o‘zida va o‘zi uchun” tamoyilini chetga surib, asosiy e’tiborni shaxs omiliga qaratdi. Endilikda tildagi har bir birlik, har bir hodisa faqat inson omili nuqtayi nazaridan tahlil etila boshlandi. |
| Publikationsart: |
Article |
| Sprache: |
Uzbek |
| DOI: |
10.5281/zenodo.10889011 |
| DOI: |
10.5281/zenodo.10889010 |
| Rights: |
CC BY |
| Dokumentencode: |
edsair.doi.dedup.....51ae45accdce5ca3c3425b0b7e4a3c23 |
| Datenbank: |
OpenAIRE |